To'yinga borsam,
yo'l qo'yib
g'urur.
So'z berishsa
"tanish oshiqqa"
Dimog'im
bo'g'ilmay aytaman
mag'rur.
Seni baxting,
mendan
muxumroq.
Tanam uzra tortilsa
tuproq.
U dunyoda
boshlansa so'roq.
- Nega o'zingni
o'ldirding
gumrox?
Uni baxti, mendan
muxumroq.
Savlat kerib shoqol bolasi..
Arslonga do'q urgani qursin..
Otga minsa biror tog'asi..
Ko'rmaganni ko'rgani qursin..
Pul topganu aqil topmagan..
Shu tomondan omadi chopmagan..
O'qiganu ammo uqmagan..
Ko'rmaganni ko'rgani qursin..
Zo'rman.. zamon zo'rniki deding..
Bu kunlarga kim sabab yetding..
Bilamizku kecha kim eding..
Ko'rmaganni ko'rgani qursin..
Bugun yurgan bo'lsa piyoda..
Kegin Olloh qilsa ziyoda..
Kim berilsa kibiru havoga..
Ko'rmaganni ko'rgani qursin..
Kechagina sarg'ayib yuzi..
Tomog'idan chiqmasdi so'zi..
Anov kuni ko'rsam ko'chada..
O'qrayadi o'zidan o'zi..
Bular yurib qayga borardi..
O'ylab inson o'yga toladi..
Ahad Qayum hayron qoladi..
Ko'rmaganni ko'r