Balkim ketganimda hammasi yaxshi bo’lar. Qanaqadir erkinlik,qanaqadir tinchlik
hammasi o’z o’rniga tushib ketar. Hammasiga yechim bo’larman,men o’ylab birorta yo’l topolmadim. Izlagan yo’llarim ortida faqat menga qarshi turgan insonlar qiyofasi, men ularni yaqinlarim deb atagandim ulardan yordam kutgandim bilsam bu ko’rgan hayotimda yaqinlarim o’zi uchun yasharkan! Lekin shu kungacha men ular uchun yashadim ular uchun kurashdim. Sekin asta ishlarim izga tushyatgandi,bundanda yaxshiroq bo’lishiga harakat qilyatgandim,lekin qancha yaxshi bo’lsam shuncha xo’rlashdi,bilmadim sababiga tushinmadim balkim ularga sharoit yaratdim shu kunlarni ko’rishimga. Hayotga qiziqishim so’ndi atrofimdagilar meni yo’qqa chiqarishdi, hamma zavq oladigan narsalardan ko’nglim qoldi. O’tyatagan har kunimda men bilan birga yurgan yelkamda turgan ajal esa: insoni bardoshi shuncha bo’ladi hammasiga qo’l siltashing kerak, bu xolat qanchalik ko’p davom etsa, men senga battaroq azobni beraman,hozir esa qo’lingda turgan dorilarni ich tezroq ketamiz,sen hayotdan charchading senga nisbatan mexr eshiklarining barchasida qulfi va o’zining yangi sohiblari bor. Men bilan yur balkim do’zaxdir o’rning balkim jannat nima bo’lgan taqdirdayam barchasiga yechim o’zimman. Baribir sen mening ixtiyorimdasan qanday yo’l bilan bo’lsa ham sening umringga oxirgi nuqtani men qo’yaman.
Har tun uyquga ketganimda shu ovoz meni olib ketmoqchi bo’ladi,ko’p emas shu kunlarda u bilan birga ketamiz. Shunday bo’lsa ham xudodan yolvorib so’rardim sherigim ajal emas baxt bo’lishini…(Author by AnvarbeK)
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев