To'g'ri qilyapmanmi, yoki notog'ri, Qanday yashayapman shuni o'ylayman. Gohida kerakli yumushlar qolib, Nokerak tashvish deb jonim qiynayman. Yo'qotish bir saboq, qoqilish bir dars, Goh aql, goh yurak bir-bir tinglayman. Ming marta o'zimni yo'qotib qo'yib, Ming marta o'zimni qayta o'nglayman.....