Ona bor, dunyoda yashash
boshqacha,
Onaning tafti- yu, mehri
boshqacha.
Kirsa hamki hatto to'qson
yoshgacha,
Onasiz hayotda yashash
boshqacha.
Yashaydi onamiz bizlarni o'ylab,
Tunu kun hudodan baxtimiz
so'rab.
Onasiz qolganlar to'ymaydi
yig'lab,
Onasiz hayotda yashash
boshqacha.
Odamda martaba obro' bo'lsa
ham,
Qo'lida millionlab puli bo'lsa ham,
Yonida otasi hayot bo'lsa ham,
Onasiz hayotda yashash
boshqacha.
Onalar doimo hurmatda bo'lsin,
Farzandi baxtini albatta ko'rsin.
Yetimlik dardini azobi qursin,
Onasiz hayotda yashash
boshqacha.
Yetimlik dardini yetim biladi,
Uning bu dunyosi bir kam bo'ladi.
O'zidan o'tganni o'zi biladi,
Onasiz hayotda yashash
boshqacha.
Onangiz umriga umr tilayman,
Bir umr tugalmas baxtni tilayman.
Onasi yo'qlardan uzr so'rayaman,
Onasiz hayotda yashash
boshqacha !!!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев