G'ofil ko'zlaringni ochgil ey odam, Olloh hammasini ko'rib turibdi. Kimdir yiqilganni tepmoq bilan band, Kimdir jon do'stiga berib ketti pand. Otasin nopisand qilganda farzand, Olloh hammasini ko'rib turibdi. Har gal buzilganda o'zganing muhri Va yo xazinaga kelganda to'g'ri, Hech kim yo'qku deya o'ylarkan o'g'ri, Olloh hammasini ko'rib turibdi. Erkaklar hayotni aysh deya bilsa, Vujudi shaytoniy shaxvatga to'lsa, Ayollar eriga xiyonat qilsa, Olloh hammasini ko'rib turibdi. Ey siz Muhammadni yo'qqa yo'yganlar, Ey ikki dunyosi o'tta kuyganlar, Yetimning haqqidan qo'rqmay qo'yganlar Olloh hammasini ko'rib turibdi. Kimlardir bol deya ulashsa zahar, Kimdir tarozidan urar bo'lsa gar, Barini Xudoga soldim birodar, Olloh hammasini ko'rib turibdi. Farishta emasman garchi o'zim ham, Mendan ham iblis hol so'rib turibdi. Bazida o'zimdan qo'rqib ketaman, Olloh hammasini ko'rib turibdi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев