yosh, Xaqiqat
oldida egilganda bosh, Tobutda
yotardi go'zal qora qosh, Yor-yor
aytib bordik qabristongacha.
Yotardi u jim ko'zlari ochiq,
Yotardi jilmayib kulgular sochib.
Ko'zimdan yosh oqardi tinmayin
achchiq, Yor-yor aytib bordik
qabristongacha. U kirmagan edi
yigirmaga ham, Endi qo'ygan edi
hayotga qadam. Karaxt bo'lib
qolar eshitgan odam, Yor-yor
aytib bordik qabristongacha. Ona
voh dod deydi hushin yo'qotib,
Ota ne qilishin bilmaydi qotib.
Bola vidolashar indamay yotib,
Yor-yor aytib bordik
qabristongacha. Seplar yig'gan
edi orzular qilib, Bezatib ham
qo'ydik liboslar ilib, Onasi
yig'laydi bag'rini tilib, Yor-yor
aytib bordik qabristongacha.
Taqdirmi qaranga yosh ketdi
essiz, Mevasi qolmadi o'tdiku
izsiz, Oq libos kiyvolib yotardi
hushsiz, Yor-yor aytib bordik
qabristongacha. Mana so'nggi
yo'lga kuzatdik go'zal, So'nggi
bor qo'limiz uzatdik go'zal, Bu
dunyodan ko'ra u dunyo avzal
Yor-yor tugab qoldi
qabristongacha...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 1