El qatori bo'lay deb
Men ham telefon oldim
To'yib gaplashaman deb
Ko'pgina pul ham soldim.
Zamonaviy bo'lay deb
Internetga ulandim
Uch kun o'tmay odnoni
Kasaliga aylandim.
Odnoda xar xil yosh
Go'zal qizlar qalamqosh
Gaplashdim xo'p qiziqib
Do'stim bo'ldi odnodosh.
Kunlar o'tdi oy o'tdi
Bir qizga ishqim ketdi
Yozib shirin so'zlarni
O'ziga maftun etdi.
Sherlar bitib tongacha
Suxbatlashib shomgacha
Uxlamadik xattoki
Yulduz sanab tongacha.
Muhabbatdan so'ylashib
Xayollarda o'ynashib
Layli Majnun bo'ldik biz
Ishq dardida kuylashib.
Baxtli edim go'yoki
Topdim deb zo'r go'zalni
Qizg'onardim soyamdan
Xattoki u asalni.
Kunlar o'tib kun sayin
Sevgimiz bo'ldi