Vaqt etib dunyodan o'tsam men bir kun
Tobutim ko'tarib bolam yig'lasin.
Men uchun dunyoda aziz bir inson
Munisim, farishtam onam yig'lasin.
Ortimda qoluvchi qizim yig'lasin
She'r bo'lib bitilgan so'zim yig'lasin.
Dardlarimni doim qog'ozga bitgan
Dardkashim, sirdoshim qalam yig'lasin.
Xatto men olamni tark etganimda
Yonimda yurgan chin do'stlar yig'lasin.
Qabrim tepasida chug'urlashib zor
Ko'kda uchib yurgan qushlar yig'lasin.
Sevsada sevmasa ag'yor yig'lasin
Men uchun qadrli bir yor yig'lasin.
Tobutim boshida bisyor yig'lasin
She'rlarim ortimda zor zor yig'lasin..