Qachongacha yolg’onlarga sig’inasan? Nishonini topolmagan kamon bo’lib, Nayza kabi men tomonga otilasan. Ko’nikasan, mensizlikka ko’nikasan. Suratimdan ko’z uzolmay tikilasan. Pushaymonda o’zingni hech kechirlmay, Tushlaringda ismim aytib chaqirasan. Cho’milasan, armonlarga cho’milasan. Go’dak kabi yulduzlaraga termulasan. Gunohlaring azob sochib qaytganida, Savollarga ko’milasan, ko’milasan. Bulutlarga yolvorasan, yolvorasan. Dardlaringni shamollarda sovurasan. Hovurini bosolmagan tentakkinam, Sog’inasan,hali yomon sog’inasan. O’z qalbingni bilmam qanay yoritasan? Tongni kutib yuragingni chiritasan. Singan umid qadax kabi qo’lni ertar, Oqshomlari barmoq tishlab, qon yutasan. Ostonangda qul bo’lay deb yalinasan. Saxro kabi hayollarim changitasan. Muhabbatda bir sinovni yenglmading, Mag’lub bo’lding bu hayotning jangida san. Sen ertaga bilmam qanday ovunasan.Yosh joningni qiziq qonga qovurasan. Bir bor ko’rsam bo’ldiydi ul yorimni deb, Sog’inasan, hali yomon sog’inasan.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев