Ko'zlarida yosh bir ONA yig'laydi,
Bu yoshlarni ko'rib dilim tig'laydi.
Bu ONA ko'ngliga kulgu
sig'maydi,
Farzandin quchoqlab yolg'iz
yig'laydi,
Farishta misoli yolg'iz ONAlar...
Ikki qanotidir ikki farzandi,
Otasi borchi tanti arzandi.
Bu onaning aybi ko'ngli pokligi,
Farzandin quchoqlab yolg'iz
yig'laydi,
Farishta misoli yolg'iz ONAlar...
Yolg'iz farzand boqmoq oson
ekanmi,
Har qadamda so'qmoq ozor
ekanmi?
ONAlarga hayot xazon ekanmi,
Farzandin quchoqlab yog'iz
yig'laydi,
Farishta misoli yolg'iz ONAlar...
Yemaydi ichmaydi farzandin
o'ylab,
Farzandi bosadi qadamin o'ylab.
Farzandi yig'lasa DADASIN eslab,
Farzandin quchoqlab yolg'iz
yig'laydi,
Farishta misoli yolg'