Qadriga yeting bo'lsa akangiz.
Qo'lin tuting bo'lsa ukangiz.
Bir kuni qurisa mador tinkangiz.
Begonalar tomon chopa olmaysiz.
Ulardan boshqani topa olmaysiz.
Boshingizda tuting mushfiq singlingiz.
Ko'tarar shu qizcha bir kun ko'nglingiz.
G'amli kun kelganda shuni bilingiz.
Tashvishlar eshigin yopa olmaysiz.
Ulardan boshqani topa olmaysiz.
Agar yoningizda bo'lsa opangiz.
Poyini emaklab to'yib o'pingiz.
Musibat chog'ida har yon chopingiz.
Bozordan boshqa bir opa olmaysiz.
Ulardan boshqani topa olmaysiz.
Bugun sho'x yugurgan jajji bolangiz.
Artadi bir kuni ko'zda jolangiz.
Suykalib kelsa gar boshin silangiz.
Birovning bolasin o'pa olmaysiz.
Ulardan boshqani topa olmaysiz.
Shamol bo'lib uchib ketaman
Tutolmesiz meni azezim
Osmonlarni quchib ketaman
Topolmesiz xatto yulduzim
Axtarasiz izlaysiz imkon
Qalbga olov solib ketaman
Soginasiz meni xar zamon
Xayolingiz olib ketaman
Tilda qolar sog'inch so'zingiz
Tinglamayman dilda zoringiz
Yolgizlikga tashlab ketmoqda
Olisdagi dilozoringiz...............
Ming bo'lakka bo'lib dunyoni.Tug'ilgandan baxtni izlaymiz.Qo'llaridan tutib ro'yoni.Atrofda baxt bazan bilmaymiz.Baxtlar bilan yasatilgan taxt.Xudoyimga yetsa bas zoring.Seni kimdir sog'insa shu baxt.Baxt aslida dunyoda boring.Kimlarnidir sevib sog'inib.Intizorla uni kutganing.Baxt aslida tomog'ing bilan.Shu bir qultum suvni yutganing.Senga yana nima yetmaydi.Xattoki baxt yelib tolmoqlik.Hammaga ham nasib etmaydi.Tongda turib nafas olmoqlik.