Ko'zlarim
sog`inib izlaganida Yuragim seni deb yig`laganida Vujudim seni deb
titraganida Seni SOG`INDIM deb ayta olmadim Yig`ladim tunlari oyga termulib
Seni jonim dedim erkalab suyib Sensiz ortingdan qoldim termulib Seni SEVAMAN
deb ayta olmadim Jonim, jonim derman asta pichirlab Xatto tushlarimda yor
seni izlab Yig`laydi yuragim ismingni so'zlab Sensiz YAWOLMAYMAN deb ayta
olmadim..
Nima
qilay? Unutolmayman, Xayolimdan ketmaysan sira. Hamma narsa seni eslatar,
Go‘yo borliq sendan xotira. Nima qilay? Unutolmayman, Imkon bermas hatto
uyqular, Qulog‘imda jaranglar hamon, Men yig‘lasam o‘sha kulgular. Nima
qilay.? Unutolmayman, Izlaring bor, yursam yo‘limda. O‘qiy-o‘qiy titilib
ketdi, Maktublaring mening qo‘limda. Nima qilay? Unutolmayman, Irodamdan
qilaman nafrat. Gunohim ko‘pmidi shunchalar, Mahkummanmi, hijronga abad? Nima
qilay? Unutolmayman, Yetolmayman manziling yiroq. Taqdirga tan bera
qolmayman, Bu qanday kuch? Bilmayman biroq. Nima qilay? Unutolmasam,
Hasratlarni qilolmasam bas. Axir qanday unutib yashay, Yoding bilan olaman
nafas...