Мен xакимда xар куни хар ерда гийбат Мен хакимда хар кун хар ерда тухмат Билмайман яхшими ёмонми сухбат Мен яхши кураман душманларимни Мени эслабсизлар шунга хам рахмат !!!
Kunlar oylar o'tib, o'tganda yillar. Bir-birin unutsa yuraklar dillar. Ertaga ko'milsa biz yurgan yo'llar. O'shanda sen meni eslarmikansan. Suyganim qayda deb izlarmikansan... Osmondan uchsa gar bir yorug' yulduz. Yuraging g'ash tortsa kecha-yu kunduz. Kimsasiz tor uyda qolganda yolg'iz. O'shanda sen meni eslarmikansan. Sevganim qayda deb izlarmikansan... Bolangga ertaklar so'ylayotganda. Baxtiyor chog'laring o'ylayotganda. Qalbingni nimadir qiynayotganda. O'shanda sen meni eslarmikansan. Suyganim qayda deb izlarmikansan... Kimdir kelib senga tasalli bersa. Oxir paymonasi to'libdi desa. Eshitdingmi sevgiling ÖLIBDI desa. O'shanda sen meni eslarmikansan. Sevgilim nega deb yig'larmikansan...