"YIGIT YIQILMASIN"....
Bu hayot sinovli barchamizga ham
Barcha ham hayotda o'rnini topsin.
Onasin baxtiga sog' yursin ular
Yigit yiqilmasin,yigit sinmasin!
Kulsa ham ichida dardi yig'laydi
Halol rizq ortidan yugursin chopsin.
Farzandlar xor nochor qolmasin sira
Yigit yiqilmasin,yigit sinmasin!
Cho'ntagi to'lganda do'stlari talay
Ularni yo'qlikda bir sinab ko'rsin.
Tog'dek yumushlari kutib turibdi
Yigit yiqilmasin,yigit sinmasin!
Opasi,singlisi duoda har kun
Ularni ham yo'qlab xolini so'rsin.
Ayoliga tirgak, suyanchiq, qalqon
Yigit yiqilmasin,yigit sinmasin!
Yashasa oilam deb yashagan o'zi
Ko'zlari quvonchu mehrga to'lsin.
Og'zi yetganida endi oshiga
Yigit yiqilmasin,yigit sinmasin.
Ota