Nasib qilsa qachondir qaytarman.
Yo'qotganlarim uchun aslo achinmayman, topganlarim uchun behisob shukur!
Yaxshi yomon gaplarimga rozi bo'linglar musofirchilikdagi do'stlarim?
O'zga yurtning quyoshi oyinga arzimaydi,
Rassiya tug'ilib o'sgan joyinga arzimaydi.
Solgan bo'lsang imorat rohatinga buyursin,
Nasib etmasa tepgan loyinga arzimaydi.
Keltirmasa zarra naf suv to'lib oqqan daryo,
Ekiningni sug'organ soyinga arzimaydi.
Rassiyani go'zallari, rang-barang ichimliklar,
Xotining bilan ichgan choyinga arzimaydi.
O'rislar minib yurgan inamarka mashina,
Otang senga sovg'a qilgan toyinga arzimaydi.
Qariganda o'g'il-qizing xizmatinga bo'lishsin,
Aks xolda to'qson yosh to'rt kunga arzimaydi.
Ilohim Olloh bergan umrni fayzli, mazmunli va barokatli yashab o'tish barchalarimizga nasib etsin?!
O'zbekistonda yorug' yuz bilan ko'rishaylik
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 7