Shahardagi yirik supermarketlarning biriga xarid uchun bordim. Kassayoniga yaqinlashganimda yerda, kimdir tushirib qoldirgan qog`oz pul yotganini ko`rdim. Bu yuzdollarlik kupyura edi. Qarasam bir 8-9 yoshlardagi kichkina qizaloq sekin kelib pulni oldida yuguribchiqib ketdi. Men o`zimcha kulib qo`ydim: "Shayton qiz, dollarniyam biladi, endi bu puliga bir oymuzqaymoq olib yeyishi mumkin..." Hisob-kitob qilib bölgach ko'chaga chiqdim. Uyimga eltadiganmarkaziy köcha böylab yigirma qadamlar yurgach boyagi qizchani körib qoldim. Qizaloq topib olganpulini yöl chetiga örnatilgan qutiga tashlardi. Ötgan-ketganlar e'tibor ham bermaydigan bu quti"Yolg`iz bolalar uchun yordam" xayriya qutisi edi... Etim jimirlab ketdi. Bu yo'ldan har kuni o'tardim,yuz dollar nari tursin yuz söm tashlash ham hayolimga kelmagan. Kulganim uchun o`zim g`alatibo`lib ketdim. Boyagina men shaytonga qiyos etgan kichkina qizcha bölsa, xuddi qilgan ishidanköngli tölgandek menga jilmayib qarab qöyardi...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 9