Mehr bo'lsin ko'ngil to'rida, Asrang siz mehribonlarni. Do'stlar hali imkon borida, Qadrlaylik qadrdonlarni. Bir kun ko'zlar tushadi ko'zga, Yo'qlang sizni sog'inganlarni. Zor qilmayin bir shirin so'zga, Qadrlaylik qadrdonlarni. Turmush-yumush tashvishlar deya, O'tkazmaylik faqat kunlarni. Boshimizga tushmas-ku qoya, Qadrlaylik qadrdonlarni.
Inson 3-yoshida meni onam dunyodagi eng yaxshi onam der ekan, Inson 18-yoshida ona mani tinch qo'ying der ekan. Inson 45-yoshida onajon meni tashlab ketmang der ekan, Inson 60-yoshida onamni 1-daqiqa ko'rish uchun jonimni berardim der ekan. Keling aziz insonlar, Onajonlarimizni asraylik.