Nega jimib ketdingiz yozmaysiz ham hat,
Dil izhoringiz uqib olardim rohat.
Iltimos shu rohatdan ayirmang faqat,
Azizam men sizni juda sog'indim
To'g'ri balki yo'qdir menga vaqtingiz,
Allohdan so'rayman doim bahtingiz.
So'zlarimga chiqsa ham sizning jahlingiz,
Aytaman: Men sizni juda sog'indim
Balki kelmas hatlarimga javob yozgingiz,
Balki o'qib hatlarimni rosa kuldingiz.
Balki emasdirman sizning tengingiz,
Azizam men sizni juda sog'indim.
Men ko'changdan har kun bir bor o'tar bo'ldim, Tuproqdagi izing silab o'par bo'ldim. Sevdim degan so'zlaringni kutar bo'ldim. Zorlar qilma zor bo'lasan bir kun kelib, Sevmaganga yor bo'lasan bir kun kelib.
Musofir deb yomon yerga uribsan
Sof sevgimga nuqta qo'yib ketibsan
Bilmadim o'ngimmi yoki edi tush.
O'z to'yingga taklif qilib ketibsan.
Dod deb ayta olsam dildagi nolam
Bugun menga yordir qorong'u honam
Yig'labla aytdilar ul sho'rlik Onam
O'z to'yingga taklif qilib ketibsan.
Endi nima deyman o'rtoqlarimga
Bir zumdan aylanding armonlarimga
Ishonmayman hatto quloqlarimga
O'z to'yingga taklif qilib ketibsan.
Yurak birla ketding Sen, baxtimni olib
Hamma kulgan Xasanga qah-qahlar otib
Yaxshisi ketmaysanmi, tiriklay ko'mib
O'z to'yingga taklif qilib ketibsan.
Mensizlikda balki telba bo'lsin deb
She'rlarini faqat menga yozsin deb
Singlimga aytibsan aniq borsin deb
O'z to'yin