Osmon to'la yorqin yulduzlar,
Ko'zlar esa bir sizni izlar.
Sizsiz o'tar tunu-kunduzlar,
Naxotki begona bo'lganmiz bizlar?
O'z tuyg'ularim etgandim oshkor,
Uyg'onar deb yuragingiz tubida hislar.
Naxot bu tuy'gular behuda bekor,
Naxotki begona bo'lganmiz bizlar?
Yuragingiz ekan tosh-muzlar,
Parvonadir sizga ko'p yuzlar.
Ulardan azizroq bo'la olmadim,
Shuning uchun begona bo'ldikmi bizlar?
Hamon yo'lingizda intizor ko'zim,
Qalbimga o'rnashib olgandir kuzlar.
Yig'ilib qolgandir dildagi so'zim,
Naxotki begona bo'lganmiz bizlar?