Ona, uzoq kutdirmayman ,kut Mashhargacha hayr onajon. Azobimga yelkangni tutding, Dardlaringga topmadim imkon. Meni o`ylab o`zni unutding, Mashhargacha hayr, onajon. Sen yo`q qaro bo`ldi osmonim, Ko`nglim vayron , yuragim vayron. Ko`ksimdagi buyuk armonim, Mashhargacha hayr onajon. ONAJONIM KELMADINGIZ Dardlarim dilim kuydirar, Ulfatim ko`nglim to`ldirar, G`animim kunda o`ldirar, Onajonim kelmadingiz. To`y bo`ldi dushmanim keldi, Suymagan suyganim keldi, Sog`inib yig`lagim keldi, Onajonim kelmadingiz. Topolmadim sixdek sirdosh, Dunyo ekan ko`p bag`ritosh, Diydortalab ko`zimda yosh, Onajonim kelmadingiz. Ruhsorlari oyim onam, Armonlarga boyim onam, Sog`ingandur debon bolam, Onajonim kelmadingiz. Sizsiz koshonalar vayron, Yuragim sanchar beomon, Sog`indim ko`p bugun yomon, Onajonim kelmadingiz. Qabringizga boshin qo`yib, Tohir yig`lar bag`rin o`yib, Bir erkalay desam suyib, Onajonim kelmadingiz
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев