sevgan edim maktab chog'i
uyalardim dil izhorga
sog'inardi ko'ngol bog'i
sevgim oxir bordi dor
osmoqlikka jallod mahkum
sevgim yeg'lar joni halak
tiriklikku endi mavhum
endi sevgim o'lsa kerak
joni shirin sevgim yeg'lar
osmagin deb bu arqonga
nima bo'lsa endi bo'lar
sevgim aylanar armonga
namanganim gulsiz qoldi
ketding o'zga viloyatga
sevgi o'lsin ko'nglim qoldi
yuz tutdingku xiyonatga
tushunsang ham bo'lardiku
uyalardim sendan tanho
ko'zlarimiz ko'rardiku
tushar edi ko'zga goho
ko'zlarimiz diydor ko'rsa
olib qochib ko'zingni sen
bo'lardiku holim so'rsang
sevar eding o'zingni sen
sevgim aytsam bo'lar ekan
aytmaganim balki taqdir
peshonamga shu yozilgan
sevgim tugab bo'ldi axir
azobdadir sevgisiz jonim
sevgini tushunmay qoldimku axir
sevgisizdir o'limtik holim
sevgisiz yashamoq juda ham og'ir
ko'naman hayot ne bersa bariga
mayli sevgim bo'lsin armon
xech bo'lmasa bir bor bag'riga
bosmagani alamdir yomon
maktabda qolsin endi sevgan paytlarim
o'rniga qolsinu kelajak onlar
mayli mendan qolsin yozgan baytlarim
Asilbekni deb to'ksin endi bevafo qonlar


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 5