Sendan maktub oldim bo`m-bo`sh bir varoq,
Yurak sensiz bo`m-bo`sh deganingmi bu?
Yoki oq niyatga yozuvsiz bir sharh,
Yoki bo`sh ko`nglimga tutdingmi ko`zgu?
Yoki muz o`lkasin eslatib shundoq,
Yodga solmoqchisan qish-qahratonni.
Yoki sovuganman dedingmi mutloq,
Behuda o`tlarga solma deb jonni?
Sendan maktub oldim bo`m-bo`sh bir varoq…
Menga xat yozgan degan bo'lsang ehtimol,
Ipak qog'ozingga labimni bosdim
Ko'chamda shovillab oqarkan shamol
Sening maktubingga shu she`rni yozdim [2 times]
Yoki muz o`lkasin eslatib shundoq,
Yodga solmoqchisan qish-qahratonni.
Yoki sovuganman dedingmi mutloq,
Behuda o`tlarga solma deb jonni?
Sendan maktub oldim bo`m-bo`sh bir varoq…
Yok