Butun kecha o'ychan va sokin,
Xona ichra qolmishdik tanho.
Bir o'ychanlik ruhimga hokim,
Shunday hokim ruhimga sen ham.
Ohang oqar, devorda suvrat:
Moviy dengiz ustida kema.
Tanholigu o'rtada hurmat
Va sevgiga o'xshash bir nima.
Men o'ylayman: "Nedan boshlay gap?
Sen o'ylaysan: "Ne qilay javob?"
Na kuladi, na yig'laydi qalb,
Qarashlarga yaxlagan sarob.
Butun kecha o'ychan va sokin,
Xona ichra qolmishdik tanho.
Men demadim: "Sevaman seni",
"Sevolmayman",- demading sen ham.
Shirin so'zlaring sog'indim kechir
O'zimdan kechib sevardim axir
Sevgi sharobi bunchalar taxir
Sog'indim seni o'zimdan ko'proq
Qalbimni chulg'ab olmoqda titroq
Qaniydi bir bor ko'rsaydim seni
Mayli qon yutay eslama meni
Beshavqat taqdir ayirdi bizni
Sog'indim seni o'zimdan ko'proq
Qalbimni chulg'ab olmoqda titroq
Qara sensiz qoldim bir o'zim
O'lib ketding yig'laydi ko'zim
Essiz ketding tinglolmay so'zim
Sog'indim seni o'zimdan ko'proq
Qalbimni chulg'ab olmoqda titroq
Sening yoningga borolmayapman
Qalbdagi gapni aytolmayapman
O'zga dillarni sevolmayapman
Sog'indim seni o'zimdan ko'proq
Qalbimni chulg'ab olmoqda titroq
Ortga yo'ling yo'qligin bilib
Ko'rsaydim deya orzular qilib
Hazon bo'l
Sog'inch ham Allohning bergan ne'mati~~~~ Kimga bor kimga yo'q uning qiymati ~~~~ Sog'inchning qadriga sog'ingan yetar ~~~~ Sog'inmay qo'yganni hayot tark etarSog'inch ham Allohning bergan ne'mati~~~~ Kimga bor kimga yo'q uning qiymati ~~~~ Sog'inchning qadriga sog'ingan yetar ~~~~ Sog'inmay qo'yganni hayot tark etar