SO'RAYMAN...
Hayitlikka gul emas
Sog'liq umr so'rayman.
Dasta dasta pul emas
Totuv hayot tilayman.
Mashina ham bir matoh
Hizmatga yaraydi goh,
Bo'lsin insonlar guvoh
Go'zal oila tilayman.
Pul ketar qo'lning kiri
Sadoqatning yo'q siri.
Ishqning chiroyli yo'li
Chin muhabbat so'rayman.
Yurak kulsin bo'lsin shod,
Yurtimiz bo'lsin obod,
Yashang baxtli umrbod
Ulkan zafar tilayman.
Yo'qlab turing har kuni
G'animat inson tuni.
Bo'lmas hayot ustuni
Go'zal sabr so'rayman.
Miskinmiz, gunoh bisyor,
Kimga omad doim yor,
Bo'lmasin hech kim bezor
Qalbi iymon so'rayman.
Yurakka mehr darkor
Sovg'alarga nima bor,
Dunyo asli bir bozor
Toza vijdon so'rayman.
Dil bo'lsa til kaliti
Kelaverar