Bugun bir voqeani guvohi bo'ldim,yosh bolakay onasi bilan birga ketayotgan payt o'yinga berilib ortda qolib ketdi. Onasi ham atayin yetib olishini bilib yo'lida davom etdi. Biroz o'tgach bolakay onasi uzoqlashib ketganini anglab ortidan dod solib yig'lab yugurdi... Ey hudoyim nahot bizdek yetuk insonlar shu norasida go'dakdek bo'lmasak? U onasiga yetib oladi va onasi qo'lidan mahkam tutadi. Biroq bizchi onajonimiz ketib qolgach ularga biz yetib olamizmi...? Hudoyim har bandani onasi uzoqlashib ketishidan,tashlab ketishidan o'zing asra... Do'stim hayotda nimagadir chalg'ib onangdan uzoqlashma...
Doim kayfiyatim tushib ketsa, siqilib ketsam, yolg'iz qolganimda seni eslayman... Ming afsuslar bo'lsinki ko'pincha yolg'iz, tushkun kayfiyatda yuraman...