Нумон Усмон:
Astagʻfirulloh deb soʻradim najot.
Bismillohni aytib boshlayman ijod.
Oʻzingdan soʻrayman bir oʻzimgamas.
Butun musulmonga bergin isteʼdod.
Dunyo oʻzingniki uni tinch saqla.
Osmon oʻzingniki etgin musaffo.
Bizga ikki dunyo saodatin ber.
Musulmon ahliga aylama jafo.
Gunohkor bandamiz oʻzing kechirgin
Taʼn ruhga iymondan kiyim bichirgin.
Qilganimiz boʻlsin buyurganingdek.
Barchamizga Kavsar suvin ichirgin.
Allohim rahm ayla har bir bandanga.
Rasulim shafoat koʻrsat har tanga.
Numon sodiq quling, bir gunohkoring.
Kechirgin gunohsiz boray kafanga.
16.11.2023 yil
https://t.me/Numon_Usmon