Предыдущая публикация
Maysa yana cho'zdi bo'yini
Qushlar chalar chug'ur kuyini
Darak soldi men kutgan baxor!
Boychechakning yaproqlarida
Ola bulut oq otlarida
Qaldirg'ochning qanotlarida
Uchib keldi men kutgan baxor!
Mayin esgan shamol sasini
Sharros yoqqan yomg'ir isini
Oftoboyning sho'x kulgusini
Olib keldi men kutgan baxor!
Sumalakni sog'inib ketdim
Ko'klamoyni men qancha kutdim
Shukur yana shu kunga yetdim
Qaytib keldi men kutgan baxor.
Men sog'inib intiqqan baxor! Muallif: Z.ZIYO
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 3