Bu besh kunlik hayotda,
Ikki ko`zim hayratda,
Uyalmasdan uyatda,
Qolganlarni ko`rdim men!
Yenggilib bazan yovsiz,
Qolib birov qarovsiz,
Hatto cho`g`siz olovsiz,
Yonganlarni ko`rdim men!
Nohaqlarning yonini,
Bechoraning nonini,
Jon deb turib jonini,
Olganlarni ko`rdim men!
Anal qilmay diyniga,
Bir martaman kuniga,
Shaytonlarni diliga,
Solganlarni ko`rdim men!
Begona bilan yotgan,
Balchiqqa dildan botdan,
Hatto badanin sotgan,
Arzonlarni ko`rdim men!
O`zga yurtlarda yurgan,
Qaytib kelolmay turgan,
Peshonasiga urgan,
Sarsonlarni ko`rdim men!
Har kuni ichib yurgan,
Ichib otasin urgan,
Ikki oyog`ida yurgan,
Hayvonlarni ko`rdim men!
Haqiqat so`z aytganda,
Qilgan endi attangda,
O`z bolasidan
Bu dunyoga sarmast bo'lib, qiyomatni unutibman,
Molu dunyo ortidan quvib, halovatni unutibman,
Yolg'onlarni ham rost bilib, hidoyatni unutibman,
El oldida qaddim kerib, oriyatni unutibman.
Unutibman shamollarning izmidagi yelligimni,
Unutibman bahor g'uncha, kuz-ay gulligimni,
Davo etdim sohib dillar ichra sohib yo'lligimni,
G'aribning salomiga goh men or etdim alegimni.
Unutibman kimligimni,
Bir o'tkinchi yo'lligimni,
Yaratganga qulligimni,
Itoatni unutibman.
Yolg'on yashiq vada bilan bo'g'moqdalar nafasimni,
Nuri iymon bilan bu kun to'ldirsam dil qafasimni,
Yallo qilib yuraverdim bajarmay biror farzimni,
Ayting do'stlar kim tuzatgay yurakdagi bu dardimni.
Otamdan uzmay qarzimni,
Onamd
Hech kimsa dardiga topmaydi chora,
Qorani oq derlar, oqnichi qora,
Ro'zg'or bu g'or ekan, teshik tog'ora,
Odam bilan odam ishi yo'q qarang,
Hamma o'zi bilan o'zi ovora.
Qarang, fasllarda bir rang qolmadi,
Qarang, muhabbatda ohang qolmadi,
Inson ko'nglida yo'q nayrang qolmadi,
Bosh qashib mulla va qozi ovora,
Hamma o'zi bilan o'zi ovora.
Baxtini yo'qotgan armondan nolir,
Nishon topmagan yoy kamondan nolir,
Noshukur tunu kun zamondan nolir,
Karvonda ot va it izi ovora,
Hamma o'zi bilan o'zi ovora.
Hech kimsa qo'l cho'zmas sening g'aming yeb,
Tirikmisan yoki o'likmisan deb,
Bir guli ochilsa o'ntasi so'lib,
Qarang, shoir bilan so'zi ovora,
Hamma o'zi bilan o'zi ovora.
Boy ota kambag'al to'yi
Kamsitmang hech cho'pni, xasni ham,
Tosh-u, kesak, baland-pasni ham,
Yetti emas ming o'lchab so'ng deng,
"Nol bo'lmasa ming ham birga teng" !!!
(Qo'shiqdan parcha).