Duoyimiz qilib har dam baxtimizni tilaysiz. Bolajonim bardam bo'l deb boshimizni silaysiz. Bizni deya tinmay bir dam oromimiz o'ylaysiz. Baxtimizga sog' bo'ling siz mehri jahon ONAJON. Biz suyangan tog' bo'ling siz qadri osmon OTAJON. To'ldiradi kunglimizni mehr to'la ko'zingiz. Ezgulikka chorlar bizni aytgan har bir so'zingiz. Jonudildan sevar sizni o'g'il hamda qizingiz. Baxtimizga sog' bo'ling siz mehri jahon ONAJON. Biz suygan tog' bo'ling siz qadri osmon OTAJON. Kiymay bizni kiydirdingiz doim bo'lib mexnatda. Emay bizni edirdingiz bo'lgin deya roxatda. Endi roxat kuringiz siz biz bo'laylik xizmatda. Baxtimizga sog' bo'ling siz mexri jahon ONAJON. Biz suyangan tog' bo'ling siz qadri osmo
Otasiz hovling fayzi yo'q sira. Onasiz yorishmas birorta xonang. Qarasa ko'nglingga qaraydi lekin. Qo'lingga qaramas OTAYU-ONANG. Topsangu topmasang xaridoringdir. Qilmishing uchun ham gunohkoringdir. Bersangu bermasang minnatdoringdir. Qo'lingga qaramas OTAYU-ONANG. O'nta bolasini boqarkan OTA. Bir OTAni boqa olmas o'nta bola. Boshin qoplaguncha toki oq tola. Qo'lingga qaramas OTAYU-ONANG. Bir kuni eshikga boqarsan sen ham. Kunda bir yo'qlab qo'y quruq bo'lsa ham. Yonida o'tirgin bir fursat bir dam. Qo'lingga qaramas OTAYU-ONANG. Ko'nglini avayla duosini ol. Oxirat savobin, ziyosini ol. Ey farzand bu gapim manosini ol. Qo'lingga qaramas OTAYU-ONANG. Bog'lab qo'ymagandur har ikkisin ham. Yo'
Dunyolarni senga beray. Gulzorlardan gullar teray. Gar istasang jonim beray. Faqat ONA ko'chingni och. Insofga ko'p chaqirarding. Men senga ko'p berdim azob. Ko'chalarda bo'ldim kazzob. Uzr ONA ko'zingni och. Sensiz azoblarda qoldim. Eshitmadim faryod soldim. Endi duo qaydan oldim. ONAJONIM ko'zingni och. Yerga tuproq bo'lgim keldi. Gul bo'lmasdan so'lgim keldi. O'rningga men o'lgim keldi. ONAJONIM ko'zingni och. Gunohlarni qildim bir-bir. Qaltirayman endi dir-dir. Hech bo'lmasa tushimga kir. ONAJONIM ko'zingni och.