Bog'ingda sargayib qurisa guling.
Boshi berk ko'chaga oborsa yo'ling.
Uzatgan joyingga yetmasa qo'ling.
Bu do'stim tamomsan degani emas.
Bevofo dildoring tashlab ketgani.
Qalbingni vaqtincha g'ashlab ketgani
Tuzingni yomonlar oshlab ketgani.
Bu do'stim tamomsan degani emas.
Hayot g'ayratingni birdan sindirsa.
Yoki shijoating sekin tindirsa.
O'z oting egarga yovni mindirsa.
Bu do'stim tamomsan degani emas.
Do'sting ishonchingni sotib ketsa ham.
Qadrongni bir chetga otib ketsa ham.
Dardlaring tog'lardan ortib ketsa ham.
Bu do'stim tamomsam degani emas.
Kuying chalolmasa hatto torlaring.
Yozda yog'sa hamki oppoq qorlaring.
Bo'yningga kelsa ham arqon dorlaring.
Bu do'stim tamomsan degani em