Sen yozmaysan...
Men yozmayman...
Ikkimiz jim.
G'urur qurg'ur ikkimizni qildi ajrim,
O'rtamizda sog'inch tog'i bo'ldi hokim,
Sog'indim!..
Sen bilmaysan,
Sen sezmaysan, holim yomon.
Bu sog'inchdan abgor bo'ldim, ranggim somon.
Seni mahkam quchishimga bormi imkon?
Sog'indim!..
Ul sog'inchni qalam tahrir etolmaydi,
Oshiq ko'ngil sendan kechib ketolmaydi,
Sendan boshqa mening qadrim bilolmaydi,
Sog'indim!..
Ko'zyosh bo'lib sizib chiqdi tandan qonim,
Sensizlikda devona dil mehribonim.
Tortiq qilay ishqim senga ushla jonim,
Sog'indim!..
Sensizlikda jonim juda og'rindim...