Kunlar isib yo'l oldingiz shimol tomonga. Ko'rishguncha xayr deya yaxshi yomonga. Omadingiz bersin duch kelmang siz ment va omonga. Omon bo'ling Rossiyada yurgan do'stlarim. Yodda tuting har dam g'urur oringizni. Ortingizdan qarab qolgan yoringizni. Dollar qilib yuborgansiz boringizni. Omon bo'ling musofir akajonlarim. Uzoq muddat shartnomada imzo qolib. Koreyaning vonlarin cho'ntakka solib. Odnoga ham kirib turing telni olib. Omon boling koreyada yurgan do'stlarim. Chidayapsiz mexnat qilib azoblarga. Taslim bo'lmang o'sha mashxur Qozoqlarga. 'Juz' ber desa ketib qolmang uzoqlarga. Omon bo'ling Astanada yurgan do'stlarim. Yana kimlar ishlayapti Dubay, Turkda. Amerika, Singapuru, Orenburgda.