Sezaman azobdan og'riysan har dam.
Shu sabab ko'zlarim doim bo'lar nam.
Baribir hech kimsa bermaydi yordam.
Dardingni hech kimga aytma yuragim
Seni jonlaridek suyishar balki.
Vaqtincha yoningda bo'lishar balki.
Kun kelib ustingdan kulishar balki.
Dardingni hech kimga aytma yuragim.
Hotirjam urasan goh bo'laman lol.
Do'stlarim ko'p deya surasan hayol.
Siringni o'zingga qilishar qurol.
Dardingni hech kimga aytma yuragim.
Kulib yur dushmaning g'aming bilmasin.
Bazilar nochor deb rahm qilmasin.
Iching to'la baxt deb o'ylasin.
Dardingni hech kimga aytma yuragim.
Tik boqib aldaydi shaytondek ayyor.
O'z nafsi yo'lida har nega tayyor.
Har kimga ishonma yomonlar bisyor.
Dardingni hech kimga aytma