Ilk qadam. Ilk nigoh. Ilk bor to'qnashuv. Yurakni titratgan Beg'ubor hislar. Ilk qadam. Ilk orzu. Ilk bor uchrashuv. Ilk yaqin bo'lgan Uzoq olislar. Ilk qadam. Ilk araz. Ilk bora xijron. Jismu jon birgayu Ruhan yolg'izlik. Ilk qadam. Ilk armon. Ilk vidolashuv. Beg'ubor qor uzra ayrilgan Izlar.