Eh nodon qiz ko'chadan nimani topding Erkinman deya botqoqqa botting Bunchalar nomusni arzonga sotting Nomussiz yashamoq oson bo'ldimi? O'zingni xor qilding ko'cha- ko'ylarda Bu yo'lga kirding sen ayt qay o'ylarda O'ynading har kimsa chalgan kuylarga Nomussiz yashamoq oson bo'ldimi? Otang elga qo'shilmas, boshini egding Onang unsiz yig'laydi, yuragin ezding Ulardan voz kechib kimlarga tegding Nomussiz yashamoq oson bo'ldimi? Akangni uyatga qo'ydingku nodon Ukang ko'chadan yig'lab keladi hamon Singlingning baxtini qildingku poymon Nomussiz yashamoq oson bo'ldimi Kimlargadir lahzalik bo'lding bir ermak O'ylab ko'r bu hayot kimga ham kerak Aytchi endi baxtsiz tungi kapalak Nomussiz yashamoq oso