Umir oqib o'tmoqda shoshib,
Qarang qancha zamonlar o'tdi.
Sochimizga oqham oralab,
Bolalikham bizni tark etdi.
Ko'zimizda chaqnagan quyosh,
Nuri asta bormoqda so'nib.
Savollarga ko'milgan dunyo,
Umrimizni olmoqda yo'nib.
Odamlar bor-yiqilganni suyab qo'yarkan,
Odamlar bor-bir gap bilan bo'yab qo'yarkan.
Odamlar bor- bo'rini ham o'rgatar qo'lga,
Odamlar bor- o'z bolasin sololmas yo'lga.
Odamlar bor- ko'zsiz bo'lib poy gilam to'qir,
Odamlar bor-ko'zi bo'lib ko'zingni cho'qir.
Odamlar bor-butun umri falsafa g'oya,
Odamlar bor-butun umri safsata soya.
Odamlar bor-tiriklikda o'likdir,
Odamlar bor-o'lganda ham tirikdir.
Odamlar bor-odamlar bor turfa odamlar,
Axir bitta bog'da pishar turli bodomlar...
Dono xalqimiz bejizga aytmagan "Odamlar bor odamlarni naqshidur, Odamlar bor hayvon undan yaxshidur"