Biz bu sinovli kunlarni albatta ortga qoldirib yana ulkan orzular ila yòlimizda davom etamiz.
oz fursat uyda qolib oilamiz davrasida farzandlarimizning yaqinlarimizning quvonch va shodligidan bahramand bòlmoqdamiz bu ham Allohning bir marhamati.
Hudo hohlasa tez kunlarda òz ishimizda davom etamiz.
Qanday yashashni biladi òzbek,
Hali kòp tòylar qiladi òzbek.
Dunyo tashvishini ortga qoldirib
Virusni engib chiqarar òzbek.
Ibn Sino avlodlari bizning el
Har qanday xatarlardan holidur.
Erta kòrasiz hudo hohlasa
Bardavom rejalar tuzar òzbek.
Uyda qolib oila davrasida
Shirin diydor gashtini surmoqda.
Duolari ijobat jannat yurtning
Bemorlari ham shifo topmoqda.
Qayerda bòlmasin bilim olib
Yoshlari elga aylar jon fido
Alloh nazari tushgan vatanning
Har bir dardiga topilur davo
Dunyoni larzaga solgan virus
Ertaga taslim bòlmoģing bor
Bizning kimligimizni bilmasang
Ibn Sinodek ajdodlarimizga boq
Biz ogohmiz, hushyormiz unitma
Seni engamiz koronavirus.
Birdamlikda yagona òzbekmiz.
Erta bòlasan vayronavirus.
Yaratgan tangri qòllaydi bizni.
Karantindan ham chiqamiz omon.
Shifokorlarimiz bizlar uchun.
Bir umrga buyuk tengsiz qahramon.
Hali kòp tòylar qiladi òzbek
Yangidan uylar quradi òzbek.
Shoir Sanjar Olimni mehmonga chorlab.
Qòsha qòsha qòylar suyadi òzbek...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 1