Onam meni oppog'im deydi,
Ölay agar tunda körinsam.
Onam meni mehribon deydi,
Yuz yilda bir shirin gapirsam.
Onam meni dömbog'im deydi,
Oriqqina chöpchak bölsam ham.
Onam meni sheryurak deydi,
Aslida bir köppak bölsam ham.
Onam meni boyvachcha deydi,
Bir römolga yetmaydi pulim.
Onam meni alqomat deydi,
Hatto, bir qiz olmasdi gulim..