03.23) Bugun men bazi insonlardan xayvonlar yaxshi ekaniga guvox bo'ldi.Tarovex namozidan kelyotgandim bitta ayol yig'lab o'tirgan ekan. Yonida taxminan 2 yokiy 3 yashar bola bor. Raxmim kelib borib kenayi yordam kerakmi deb so'rashimni bilaman dod voy solib balandroq yig'lab dardini aytishni boshladi.Meni qayin akam uydan xaydadi kechqurun bolam bilan erim milliy gvardiyada ishlaydi telimni ko'tarmayapdi dedi. Keyin men no'merlarini so'radim. Tel qilsam menikini xam ko'tarmadi. Ayol shunaqa baqirib bolani quchoqlab yig'layapdi. U bolajon nima bo'layotganini tushunmayapdi. Atiga 2 yokiy 3 yosh bola uyqusi kelib zo'rg'a turibdi. Shunaqa raxmim keldi u bolaga ko'zimni yoshini to'xtata olmadim. Ayol xar dod solganida aroqni xidi kelardi. Keyin men so'radim kenayi ichib olganmisiz desam bugun bayram bor edi dedi. Shu zaxoti o'sha ayoldan nafratlanib ketdim. Shunaqa yaxshi oy yaxshi kunda xam ichasizmi deb ketvordim. Keyin bolaga raxmim kelib orqaga qaytdim. Eriga yana tel qildim. Ko'tarmadi. Nima qilishni bilmayman. Cho'ntagimga pul xam solib chiqmabman. Ayolni gapirgan gaplari turqi umuman yoqmadi. Bolaga qarasam ko'zimda yosh aylanib ketyapdi. Nima qilarimni bilmasdan ayolga o'zizga raxmim zarracha kelmadi, lekin mana bu go'dakka ko'zimni yoshini to'xtata olmayapman yuring og'lizni meni uyimga qo'yib uziz mexmonxonaga joylashtiraman desam men bolam bilan bo'laman dedi. Kenayi bolani bunaqa qilib olib yurmang yuring desam ko'nmadi. Men u ayolni uyimga kirgizgim kelmadi. Sababi bolani qurol sifatida foydalanyapdi. Agar onalik xissi bo'lganidi uyda ayollikligini qilib o'tirardi. Men ayolni yomonlamoqchi emasman. Shunaqa no sog'lom oilada katta bo'lgan bola ertaga kim bo'ladi. U bola menga shunaqa qarayapdi uni qaraganini ko'rib battar ich etimni yeyapman. Keyin men u ayolga shu yerda turib turing xozir ayolim keladi ayolni ayol tushunadi dedimda yugirib kelyapman uyga ko'zimni oldidan o'sha mayus bolani chexrasi ketmaydi. Uyga keldimda ikkita bolamni quchoqlab yig'ladim. Axir nimaga bunaqa qachongacha ota onalarni xatosi deb murg'akkina bolalar javob beradi. Ayolimga bo'lgan gaplarni aytdimda jo'natib yubordim. Ayolim borgunicha ketib qolibdi. Keyin o'zim qaytadan cho'ntakimga pul solib bordim. Borsam xaqiqattan xam joyida yo'q xamma joyni qarab chiqdim topomadim. Keyin eriga 5 marta tel qildim ko'tarmadi. Xozirgacha o'sha eri qaytib chiqarmikan deb kutib yotibman. Ertaga yana qilaman tel. Inshaa Alloh. Lekin shu bolani qarashi ko'zimni oldidan ketmayapdi. Onasiga qaridi nima bo'lyotganini tushunmidi xayron. Allohim xech bir farzandlarimizni bunaqa vaziyatga tushurmasin.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев