Balki telbadirman sevganim uchun,
Ayt Olloh sevganimni nimasi gunoh?
Axir uni sevdim bor qalbim berib,
Uni sevganimning nimasi gunoh?
O'zgalar sevarlar boyligi uchun,
Men uni sevdim pok qalbi uchun.
Borligining o'zi quvonch men uchun,
Uni sevganimning nimasi gunoh?
Bugun uni eslab yig'ladim, Olloh,
Nima qilay ko'zimga yosh kelsa nogoh?
Telbamisan deyishdi insonlar goh-goh,
Ayt Olloh sevganimni nimasi gunoh?..