Yuragingiz buncha pok Ona. O'zga yurtda ishlab yuribman, Dunyo manga o'yingoh Ona. Axvolimni so’rasangiz gar. Har galgidek holim chog'Ona. Kuzmunchoqlar kerakmas manga. Alloh manga kuzmunchoq Ona! Duoingiz asraydi jonim, Ko'nglim mangu yashnagan bog'dir. Yolg'onlarga o'rgatmagansiz. Xaqni izlab yuragim chog'dir. Oq sutingiz oqlayman Ona. Ma’suliyatni xis eta oldim, Kerak bo’lsa dunyodan tona. Oila g’amin zimmamga oldim. Musofirlik ichra yuribman. Jonim muzlab sovuqda mana. Bugun jindek xayol suribman. Siyratingiz sog’inib Ona. Qani endi bir bor tutsaydim. Mexnatlardan tolgan qo’lingiz. Bu yerlarda xech kimsa Ona. Bosolmaydi sizning o’rningiz. Bolam qachon kelarsan deya. Muwtoq bo’lib yo’lim poylaysiz. Uzoqlardan g’amimni yeya. Kecha kunduz mani o’ylaysiz. Xokisorim asrang o’zingiz. Man qaytaman yaqin kunlarda. Yowlanmasin munchoq ko’zingiz. Orom oling bedor tunlarda. Bu yerlarda pul topdim Ona. Lek mexribon topmadim zinxor. Yo’llarimga bo’lgan parvona. Bu dunyoda yaxwiyam siz bor. Umr so’rar xar kim o’ziga. Man so’rayman sizga berilib. Qo’wnimizning wirin qiziga. Sovchi bo’ling siz xam kerilib. Man quyowni sizga o’xwatdim. Quyow tafti mexringiz Ona. To’lin oyni uyga o’rnatdim. Oyning xusni zulfingiz Ona. Qaytgim kelar o'z uyimga goh, Soginch buncha yomondur Ona! O'par tuproq oyog'ingizni. Tuproq mandan baxtliroq ona. Suratingiz qo’limda tutib. Wu sur’atga ovundim ona. Uzoqlarda iztirob yutib, Bugun sizni sog’indim Ona…
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев