Hayol aytar ketolmaysan,
Aqlim deydi yetolmaysan.
Balki sandek kutolmasman,
Sanga sevgim kamlik qildi.
Muhabbatga sodiq bo'lib,
Mehringdan man zavqqa to'lib,
Bora-bora hayron qolib,
Sevgim sanga kamlik qildi.
Men yurakdan yonib suysam,
O'z-o'zimdan tonib suysam.
Hijron olovida kuysam,
Sevgim sanga kamlik qildi.
Sevganimni dunyo bildi,
Alam bugun bag'rim tildi.
Bahtlar tilab o'tdim, sandan,
Biroz mehr kamlik qildi
Bildimki yomonlik qo'limdan kelmas,
Kelsa hamki hayot
yo'limni bermas. Bilsangiz bu hayot asli
chin emas,
Men sizni yaxshilik bilan yengaman.
Yomonlar yo'limga
qo'ysalar tuzoq, Omadim bo'lsa ham
qanchalar uzoq.
Jaxlim vujudimni egallasa ham biroq, Men sizni yaxshilik
bilan yengaman. Sevganim vafodan yuz
o'girsa ham,
Ko'zlarim yoshdan
bo'lsa hamki nam. Sevgimni hasratga
aylantirsa ham,
Men sizni yaxshilik
bilan yengaman.
Ishonaman bir kun omad keladi,
Dushmanlarim mendan yuzin buradi. Chin sevgim chin
do'stim ham bo'ladi
O'shanda mayin jilmayib bir gap
aytaman,
Men sizni yaxshilik bilan yengaman!