Yuzim silamoqda sohir shabboda Mayin shabodalar seni eslatar Men ham bir vayrona vayron dunyoda Ganchkor koshonalar seni eslatar Shivirlab mahzun kuy boshlaydi oqshom Kuylabon dilimni gashlaydi oqshom Meni ming azobga tashlaydi oqshom Sehrli nolalar seni eslatar Ajib 6yin boshlab jannat hurlari K6ksimga yogdirar oyning nurlarin Yonarman oy yogdu sochgani sari Yogduli tolalar seni eslatar Seni eslatadi yomgirlar isi Nafis tomchilarni marvarid izi Yuragimga k6chib kamalak izi Nurli favvoralar seni eslatar.