Hayot achchiq bo'lsa aybdor senmas,
Mayli omad bugun kulmasa-kulmas
Mag'rur boshing egma sira ham
Qo'y o'sha seni sevmasa- sevmas.
O't qo'y! Kuydirib yozgan xatiga
Sendayin oshiqni bilmasa-bilmas,
Unga baxtli bo'lib ko'rsatib qo'ygin,
Öylama u seni sevmasa- sevmas.
Sen baxtsiz emassan uni yod etib,
U ham bir insonda ko'kdagi oymas.
Unga sevib sevilmoqni o'rgatib qo'ygin,
Mayli o'sha seni sevmasa- sevmas.
Chiroyli dunyoda faqat u emas.
Shu bir haqiqatni bilmasa bilmas.
Hurlarni sochini silarsan hali.
Mayli o'sha seni sevmasa sevmas....