Kerakmas mingta
so'z bilan avrashing
Hammon yodimda o'zing
deyishing
Har tongda sani man tushda
ko'rdim deb
Kerakmas his etmas kuylar
kuylashing
Birgina so'rayman sandan
hamisha
Eslagin o'zga-ga bir
boqqaningda
Kimningdir ko'ziga
tikilganingda
Suratim namoyon bo'lsa
ularda
Diqqating buzganda begona
chiroy
Yuraging qattiqroq ursa
birovdan
Jumbushga kelganda eting
suhbatdan
Iltimos bir bora eslagin
mani
Kerakmas eslashing yonimda
bo'lsang
Kerakmas o'zimga aytishing
sevging...
Yolvoray bir bora eslab tur
mani...
Birovlar yonida o'tirar
bo'lsang...
Yodga ol bir bora manim
nigohim...
Nursiz bir ko'zlarda
ko'ringaningda...