Bir kun xudo olsa omonat jonim, To'xtasa tanamda oqar bu qonim, Ruhim chiqib ketsa,qolsa oq tanim, Sog'inib yig'lagin mening SEVGILIM. Bir kun yumulsa abadiy ko'zim, Hech chiqmasa bo'g'zimdan so'zim, Kafanga o'ralsa bu go'zal yuzim, Achinib yig'lagin mening SEVGILIM. Boshqa ko'rolmasam moviy osmonni, Tark etsam yorug' jahonni, Azroil kelsa, olsa jonimni, O'kinib yig'lagin mening SEVGILIM. Tasadduq bo'lmasam garchi poyingga, Qatnasha olmasam nikoh to'yingga, Mehmon bo'lmasam yangi uyingga, Bir eslab yig'lagin mening SEVGILIM.
Charchadim armonlardan yolg'onlardan charchadim Do'st sifat insonlardan gumonlardan charchadim Topolmadim bir chin Do'st g'am devori ustma ust Soxta salom inson yuz SHaytonlardan charchadim___♡♡♡