Quchog'iga olmas bizni xiyobon, O'rtamizda udum otliq biyobon. Sizga nima kuysam o'zim kuyaman, Istaysizmi yo'qmi sizni sevaman. Chaqmoq kalit bo'ldi qulfi dilimga, Tegmagan bir qizni zulfi dilimga. Sizdan o'zga xon yo'q mulki dilimga, Istaysizmi yo'qmi sizni sevaman. Boshingizda yaproq bo'lib aytaman, Poyingizda tuproq bo'lib aytaman. Tuproqdayam mushtoq bo'lib aytaman, Istaysizmi yo'qmi sizni sevaman.
O'g'ilning otaga mehri yo'q qarang, Akaning ukaga qadri yo'q qarang. Qorindan talashib tushgan jigarlar, Onasin yo'qlashga vaqti yo'q qarang. Sizlarga ne bo'ldi odamlar bugun, Orada oqibat yo'qoldi nechun. Jon qo'shni bir yilda olmasa xabar, Yaqinlar chet elda yursa darbadar. Jigaring ozgina yaxshilik qilib, Salomni minnatdan boshlasa agar. Nahotki mol-dunyo odamdan ustun, Orada oqibat yo'qoldi nechun.