Seni kutdim kelmadi hech kim,
Кutaverdim behuda bekor.
Меn kutmayman endi hech qachon,
Men kutaman bugun so'ngi bor...
Boshlarimni urib so'radim,
Topib ber deb o'tindim ming bor.
Izlamayman endi hech qachon,
Men izlayman bugun so'ngi bor...
Seni juda sog'indim yana,
Ohir bo'ldim o'zimdan bezor.
Sog'inmayman endi hech qachon,
Sog'inaman bugun so'ngi bor...
Izlaringni o'pib yig'ladim,
Qaytib ber deb tilandim abgor.
Yig'lamayman endi hech qachon,
Men yig'layman bugun so'ngi bor...
Gar bor bo'lsang guvoh bo'l dunyo,
Gar bor bo'lsang aytgin intizor.
Men sevmayman endi hech qachon,
Men sevaman bugun so'ngi bor...