Mol dunyo o‘tkinchi o‘tadi degan.
Ko‘zimni to‘q qilgan nafsimsiz OTAM
Egilgin bukilgin sinmagin degan.
Qaddimni bog‘lagan g‘ururim OTAM
Birovning dilini og‘ritma degan.
Siz mening eng toza vijdonim OTAM.
Toshbo‘ron qilsalar tosh otma degan.
O‘tkinchi dunyoda halolim OTAM
Og‘risam bildirmay parvona bo‘lgan.
Asragan yagona nurimsiz OTAM
Yig‘lasam o‘zini yer ko‘kka urgan.
Boshimni suyagan tog‘imsiz OTAM