RADIUS 21 --- Ishonaman, aytganlaring samimiy Lekin birdek tutolmaymiz mayli rag'batni Ehtirosning mahsulidir ahd ila paymon Ammo o'sha olov bir kun so'nar begumon Butoqdagi meva rosa pishgandan keyin Bir kun yerga shart uzilib tushmog'i tayin Yashash uchun qasamlarni unutish lozim Qasamlarki shosha pisha ichamizdoim Yolg'iz bitta rag'bat uchun yashamaymiz bas Almashinib turar bizda ishtiyoq, havas Alvon- alvon suratida sevinch vaqayg'u Bir- birini suvoradi, suradi yog'u Sevinch degan ko'rinadi qayg'uga qarab Qayg'uni ham sevinch bilan ishi yo'q sira Hamma narsa muvoqiddir, foniydur hayhot Qaydan ketsa muhabbatning umriga sabot Kim kimniki, buni hali yechmoqkerakdir Taqdirni ishq yuritarmi y